Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Turopova, bosh mutaxassisi N.Abraxmatov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyeva tomonidan 1-DMTTda O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarning Qonun bilan belgilangan huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, tashkilotda bolalarning ta’lim olish, dam olish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, erkin rivojlanishi hamda ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga oid Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib Qonuni talablarini to‘liq va samarali ta’minlash yuzasidan zarur choralarni izchil davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.