Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📌 Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Do‘stlik mahallasidagi savdo do‘konlarida bo‘lib, aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar yetarliligini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida do‘konlarda mavjud mahsulotlar assortimenti, narxlar barqarorligi va aholi talabining qondirilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aholining farovon turmushini ta’minlash, iste’mol bozoridagi holatni nazorat qilish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi bunday o‘rganishlar davom etadi.

Slide 1 of 4