Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Tovoqsoy” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim M.Izzatullayeva faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalla bo‘yicha davlat ta’minotidagi 13 ta oilalar, 9 ta kambag‘al oilalar, kambag‘allik chegarasidagi 5 ta oilalar, shuningdek, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va ularni manzilli hal etish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, yil boshidan 16 ta oilalar kambag‘allik reyestridan chiqarilganligi e’tirof etildi.

🔺Deputat tomonidan xizmat hujjatlarining yuritilishi, elektron ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi, murojaatlar ijrosi hamda fuqarolar bilan doimiy muloqotni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Suhbat davomida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni erta aniqlash, ularning muammolarini tezkor hal etish va idoralararo hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2