Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valiyeva hamda tuman hokimligining yuridik xizmati bosh mutaxassisi N. Kamalova ishtirokida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, atroflicha muhokama qilindi.
📑 Muhokama jarayonida sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir qaror loyihasining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, huquqiy asoslarining to‘liqligi, ijro mexanizmlarining aniqligi hamda hujjatlarning yuridik-texnik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi batafsil tahlil qilindi.