Янгиликлар

Deputatlar mahallada: yettilik tizimi va yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi

🟢Ushbu jarayonda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

🟢Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlari hamda ularning o‘zaro hamkorligi ko‘zdan kechirildi.

🟢Shu bilan birga, patronaj hamshiralar uchun yaratilgan sharoitlar va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

🟢Muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi.

🟢Bu kabi amaliy o‘rganishlar mahallalarda "yettilik" tizimining to‘laqonli ishlashini ta’minlash va aholi muammolarini joyida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5