Янгиликлар

Mahalla yettiligi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Maslahattepa"mahallasida hududiy o‘rganishlar

🔴Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

🔴O‘rganish davomida aholi bilan bevosita muloqot qilindi. Rais tomonidan fuqarolarning muammolari qanchalik tezkorlik va sifat bilan o‘rganilayotgani, ayniqsa, infratuzilma va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarning amaliy yechimi o'rganildi.

🔴O‘rganish jarayonida hududlarga chiqilib, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 3-tavsiyasiga asosan mahalladagi aholi va bolalar uchun yaratilgan sportmaydonlari holati ko'zdan kechirilib, ularni qayta rekontruksiya qilish bo'yicha masullarga ko'rsatmalar berildi.

🔴Yaknunda mahalla raisiga hududning tartib-intizomini yanada yaxshilash, "xonadonbay" xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi bilan qayta aloqani mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7