Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
AHOLI MUROJAATLARIGA E’TIBOR
янв.21
DEPUTAT O‘RGANUVI – AMALIY NATIJA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Uchko‘prik tumanida qurilish chiqindilarini bartaraf etish va hududni toza holatga keltirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
Serikbay Usenov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Serikbay Usenov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 34–Turkiston saylov okrugidan saylangan deputat Serikbay Usenov Yunusobod tumanidagi “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Unda “Turkiston”, “Hasanboy”, “Katta Hasanboy”, “Astrobod”, “Tiklanish” hamda “Sharq haqiqat” mahalla raislari, mahalla “yettiligi” vakillari va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalla tizimini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, hududlarda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

📁 Ta’kidlanganidek, deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar murojaatlarini hal etishga qaratilgan takliflarni ilgari surgan.

📉 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, “Sharq haqiqat” mahallasida ko‘cha yoritish chiroqlarini tiklash zarurligi bildirildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi. Shuningdek, deputat tomonidan “Astrobod” mahallasida barpo etilgan bolalar maydonchasi foydalanishga topshirilgani qayd etildi.

🔺 Uchrashuv yakunida deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan dolzarb taklif va muammolar esa reja asosida bartaraf etilishi ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuv davomida deputat tomonidan saylovchilarga kitoblar tarqatildi. Xususan, Zebi Niso Ahmedovaning “Faqat ajrama” asari hamda deputatning “Hayot saboqlari” nomli kitobi fuqarolarga sovg‘a qilindi.

🗣 Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar olib borilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida qayd etildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 4