Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

NAZORAT TARTIBIDA O‘RGANILDI

           Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining may oyi ish rejasiga ko‘ra, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si a’zosi S.Rayimqulova tomonidan yog‘ingarchilik mavsumining salbiy oqibatlari, xususan, sel oqimlarining oldini olish bo‘yicha Qo‘rtqi massivida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi. O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, ariqlar va zovurlarni tozalash, suv oqimlarini tartibga solish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ul tashkilotlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va profilaktik choralarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 4