Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Maqsad — sifatli va zamonaviy yo‘llar!

Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputati M.Abdullayev tomonidan mahallalardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi joyiga chiqib o‘rganildi.

Uchrashuvni tashkil etishda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, yo‘l qoplamasining texnik talablarga mosligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Ishchi guruh a’zolari mahalla faollari va aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazib, qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillariga ishlarni sifatli, puxta va belgilangan me’yorlarga muvofiq tarzda yakunlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2