Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 25-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi 2026-yil 8-may kuni soat 15:00 da tuman hokimligi binosi majlislar zaliga chaqirilgan.

Kun tartibida quyidagi muhim masalalar joy olgan.

1. Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 11-martdagi “2026-yilda Shovot tumani bo‘yicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida”gi VII-22-30-12-177-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Shovot tumanidagi Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi I.Jumabayevning 2026-yil 1-choragi davomida tumandagi tashkilotlar va idoralar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti toʻgʻrisida.

3. Shovot tumanida ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, xususan energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish, tabiiy gaz hamda chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish, shuningdek, kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan Shovot tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i R.Ruzimovning hisoboti to‘g‘risida.

4. Shovot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sultanov Inomjon Ikramovichning 2026-yil 1-choragi davomida tumanda budjet daromadlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarorining 2-ilovasi — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan ijtimoiy yordam ajratish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq mablag‘ ajratish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Shovot tumani bo‘limi boshlig‘i Jumabayev Ixlosbek Shixnazarovichning hisoboti to‘g‘risida.

6. Shovot tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish to‘gʻrisida.

7. Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

8. Shovot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Babajanov Ulug‘bek Baxtiyarovich tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida tumanda aholini kambag‘allikdan chiqarish, barqaror bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlari hisoboti to‘g‘risida.

9. Shu kabi sessiyada 8 ta masala muhokama qilinishi belgilangan.