Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 16-okrug deputati Rasul Jumayev tomonidan “Fayzobod” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi faoliyat holati tahlil qilindi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ishlar muhokama etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olinib, tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3