Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

KENGASH FAOLIYATI

Oltinsoy tumanida limonchilikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga qaratilgan issiqxona loyihasi faoliyati bilan tanishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tumanda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Surxondaryo viloyatidagi Kengash raislari Oltinsoy tumani “Tog‘ay Murod” mahallasida joylashgan “Oltinsoy Biznes Magnat” MChJ tomonidan tashkil etilgan zamonaviy limonchilik issiqxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar xorijiy, jumladan yaponiyalik sayyohlar bilan suhbatlashib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan issiqxona faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 12