Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uchko‘prik tumanida qurilish chiqindilarini bartaraf etish va hududni toza holatga keltirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi ertangi kun rejalari deputat o‘rganuvi diqqat-markazida bo‘ldi
янв.21
IJTIMOIY BARQARORLIK – SHUKRONALIKDAN NISHONA
янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining bosh mutaxassisi U.Abdunazarov va 15-“Shirin” saylov okrugi deputati Ekologiya partiyasi a’zosi M.Xoliqova bilan birgalikda “Shirin” mahallasidagi Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. “Shirin” mahallasida 756 ta oilada 2256 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Shundan 30 nafari kam ta’minlangan oilalar reestrida turadi, 44 nafar nogironlar, 10 nafar voyaga yetmaganlar vasiylikka olingan va 4 nafar o‘zgalar yordamiga muhtoj yolg‘iz qariyalarga ijtimoiy xodim tomonidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tanlov asosida fuqarolar bilan ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan suhbat o‘tkazilganda, ijtimoiy xodim faoliyatidan mamnun ekanligini bildirdilar. Biroq, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda reestrga
kiritish amaldagi tartibda ko‘zda tutilmaganligi bois, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkoniyati cheklanmoqda.
O‘rganish yakunida tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.  

Slide 1 of 3