Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 

🗓 4-may, dushanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati U. Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilariga axborot beradi. Unda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov

🗓 5-may, seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Doimiy komissiya va navbatdagi sessiya yig‘ilishlarini tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlarini rasmiylashtirish

🔍 Mas’ul: B. Xoliqjonova, U. Shopotixov

🗓 6-may, chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish 

va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova, U. Shopotixov

🗓 7-may, payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi III chaqiriq 28-sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva "Yuqori Beshqo‘rg‘on" MFY yig‘inida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilariga axborot beradi. Unda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.

🔍 Mas’ul: B. Xoliqjonova, U. Shopotixov

🗓 8-may, juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati M.Hamroqulovning Eski shahar MFY yettiligi bilan uchrashuvi , unda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.

"9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan deputatlar tomonidan oz saylov okruglaridagi mahallalarda urush va mehnat faxriylarini holidan xabar olish tadbirlarida ishtiroki

🔍 Mas’ul: D. Raxmatullayev 

📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 1