Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Uchko‘prik tumanida qurilish chiqindilarini bartaraf etish va hududni toza holatga keltirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi ertangi kun rejalari deputat o‘rganuvi diqqat-markazida bo‘ldi
янв.21
IJTIMOIY BARQARORLIK – SHUKRONALIKDAN NISHONA
янв.21
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI.....
янв.21
Aholi bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
Yoshlar bandligi – ustuvor yo‘nalish

8-Lutfiy okrugi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan tashrif doirasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati batafsil tahlil qilindi. 

Tahlil natijalariga ko‘ra, mahallada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bandligi ta’minlanmagan yoshlar mavjudligi ustuvor muammolardan biri sifatida e’tirof etildi.

Mazkur holat yuzasidan deputat “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda 2021-yil 20-apreldagi yoshlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash farmoni talablaridan kelib chiqib, tuman Yoshlar ishlari agentligi ishtirokida masalani atroflicha muhokama qildi.

Muhokamalar jarayonida oliy ma’lumotli ishsiz yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bazasini kengaytirish, ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda aniq va manzilli choralarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar ilgari surildi. 

Slide 1 of 5