#Qonunlar ijrosi
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 16-Olmurod saylov okrugidan saylangan deputat, EKO partiyasi deputatlik guruhi a’zosi Umarbek Karimov deputatlik nazorati doirasida o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan “Mehrigiyo” xususiy korxonasida o‘rganish olib bordi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati – tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev hamda bir guruh tadbirkorlar hududlararo investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Xitoy davlatiga amalga oshirayotgan tashrifi davom etmoqda.
“Reglament va deputat odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari ituman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
#Deputat nazorati
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 11-Qumariq saylov okrugi deputati Xasanboy Mamadaliyev tomonidan deputatlik nazorati doirasida “G‘ijdon” mahallasida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganilmoqda.
#Qarorlar ijrosi
🇺🇿 “12-Gul” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Nasibaxon Imomaliyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarorining ijrosi o‘rganildi.
#24 tavsiya
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida PF-158-sonli Farmonida umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish doirasida maktab va maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish nazarda tutilgan.
#24 tavsiya
🔹 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov hamda deputat Zarifaxon Maxkamova tomonidan tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
#Qaror ijrosi
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Muxsinjon Abduraximov, Uchko‘prik tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov hamda Uchko‘prik tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Zarifaxon Maxkamova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Uchko‘prik tuman ixtisoslashtirilgan maktabida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari joyida o‘rganildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati – tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev hamda bir guruh tadbirkorlar ayni kunlarda hududlararo investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida amaliy tashrif bilan Xitoy davlatida bo‘lib turibdi.