#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati “Navro‘z” mahallasida deputatlik nazorati
Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatiga amaliy ko‘maklashish hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 10-“Navro‘z" saylov okrugi deputati X.Xolmuminov okrugiga qarashli Navro‘z mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
Mas’ullar tomonidan mahalla raisi ishtirokida quyidagi muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi:
"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan harakati; Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarni "xonadonbay" o‘rganish; Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ijtimoiy daftarlar"ga kiritilgan xonadonlar, ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ahvoli.
O‘rganishlar yakunida mas’ullar mahalla faollariga Prezidentning PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.
Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!