35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#media_reja_ijrosi #deputat_faoliyati Xotin-qizlar huquqi va manfaatlari — jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni
янв.21
Mahalla mas’ullarI faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati “Mehrobod” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Mehrabod" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Mehrabod” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
"Jayhun" mahallasida deputat va ijtimoiy xodim hamkorligida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi!
янв.21
“Jayhun” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #biriktirilgan_tashkilot #162_qonun #Kengash_raisi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 💧“Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Kengash kotibiyatining haftalik ish rejasi belgilab olindi
“Kalvak guzari” mahallasida sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘chaboshi Tolipov Fozilxon bilan suhbat o‘tkazilib, mahalla hududidagi ichki ko‘chalarda sanitariya va obodonlashtirish holati, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

️Xususan, Turkiston ko‘chasi 158-A, Yassaviy ko‘chasi 1-A va 2-A ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan chiqindi to‘plash hududlarining holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mazkur hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha “Toza hudud” unitar korxonasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasida tegishli shartnoma mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi sonining ko‘pligi sababli chiqindi tashlash qutilari sonini ko‘paytirish zarurligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaat bildirildi.

Mazkur masala o‘rganilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, hududdagi chiqindi qutilari sonini ko‘paytirish hamda sanitariya holatini yanada yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Masala deputat F.Qaxxarova nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish, hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3