Muhokama davomida aholi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalar uchun 225 million so‘m mablag‘ ajratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Doimiy komissiya qaroriga asosan, mazkur mablag‘larni ilovaga muvofiq yo‘naltirish masalasini Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish va tegishli qaror qabul qilish uchun taklif berildi.
Mazkur masala yuzasidan komissiya xulosasi tayyorlanib, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalasi nazoratga olindi.