Oʻrganishlar va aholi bilan muloqotlar natijasida ayrim koʻchalar boshqa dasturlar asosida asfalt qilinganligi sababli ularning oʻrniga Oqtepa mahallasidagi “Sohil boʻyi 1-tor” va “Milliylik” koʻchalarini kiritish taklif etildi.
Shuningdek, Ustalar mahallasidagi “Jonkuyar” koʻchasini ta’mirlash masofasini uzaytirish hamda Abu Rayhon Beruniy, Bogʻiston, Oq oltin va Gulshan mahallalaridagi tegishli koʻchalarni roʻyxatga qoʻshimcha kiritish taklif qilindi.