🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga “O'zMTDP” partiyasidan 16-Chorvador saylov okrugidan saylangan deputat Xusan Arabbayevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi D. Ulug‘bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO organida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganildi.
📝 O‘rganish jarayonida FHDYO bo‘limi mudiri Shohida Ukibayeva tomonidan murojaatlar tahlil qilinib, ajrim, tug‘ilish va nikoh masalalari bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 36 ta murojaat kelib tushayotgani ma’lum qilindi. Shundan 2 tasi ajrim bilan bog‘liq murojaatlardir.
📊 Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.