Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev tomonidan Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabulda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, aholining murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi.
Fuqarolar asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti, sog‘liqni tiklash hamda oilaviy masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Qabul yakunida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa ijro uchun mas’ul tashkilotlarga biriktirildi. Ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish va amaliy maslahatlar berildi.