Tashrif davomida xonadonda yo‘lga qo‘yilgan pishiriq mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni, foydalanilayotgan uskunalar, mehnatni tashkil etish, mahsulot sifati hamda tayyor mahsulotlarni mahalliy bozorlarga yetkazib berish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, xonadon tadbirkorligini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda faoliyatni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tadbirkor bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud taklif va muammolar tinglandi.