35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar — deputatlik nazoratida
янв.21
Shaffoflik va ochiqlik — korrupsiyaga qarshi kurashning muhim mezoni
янв.21
“Shifokor” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
#deputat_vazifalaridan
янв.21
Faoliyat tahlili va natijadorlik: Termiz shahar Kengashi deputatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi muammolar deputat nazoratida: O‘rganishlar 24 ta tavsiya asosida olib borildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari va sohalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“JAYHUN” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#_162_ta_qonun Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
Mahalladagi muammo o‘rganilib, ijobiy yechim topildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimov hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xususan, ko‘chboshi Abdullayev Ne’matjon bilan suhbat davomida “Chortoq”, “Norin” va “Zargarlik” ko‘chalaridagi jami 166 ta eski simyog‘ochlarni yangi simyog‘ochlarga almashtirish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilib, 166 ta simyog‘ochni yangilariga almashtirish masalasi ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2