35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Faoliyat tahlili va natijadorlik: Termiz shahar Kengashi deputatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi muammolar deputat nazoratida: O‘rganishlar 24 ta tavsiya asosida olib borildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari va sohalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“JAYHUN” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#_162_ta_qonun Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 17–21-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24- sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Yettinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
“Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
“Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🇺🇿 Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi doirasida “Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar oʻtkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya rais o‘rinbosari Ismoil Sagdullayev ishtirok etdi.

📌 Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishiga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

📎 Xususan, sohaning huquqiy va institutsional asoslari mustahkamlandi, qishloq xoʻjaligida barqaror ishlab chiqarish tizimi shakllantirilmoqda, shuningdek, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish ustuvor vazifaga aylanmoqda.

✨ Qayd etilganidek, global iqlim oʻzgarishi, suv resurslarining tanqisligi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, aholi sonining oʻsishi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabning ortishi agrar sohani yangi yondashuvlar asosida rivojlantirishni taqozo etmoqda.

 Seminarda oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat qishloq xoʻjaligi, balki iqtisodiy barqarorlik, aholi farovonligi, ijtimoiy himoya va ekologik xavfsizlikning muhim omili sifatida alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, qishloq xoʻjaligining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, sohada mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi boʻyicha amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat boʻldi.

Seminar ishtirokchilari aholi daromadlari va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlash, mahsulotlar sifati, xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish jarayonlarini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligida suv tanqisligi va iqlim oʻzgarishi taʼsiriga moslashish boʻyicha choralarni yanada kuchaytirish lozimligini taʼkidladi.


🗂 Tadbir yakunida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, iqlim oʻzgarishining agrar sohaga taʼsirini kamaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifat nazoratini takomillashtirish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 5