35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ta’lim sohasida deputatlik nazorati: Qonunlar ijrosi e’tiborda
янв.21
Deputatlik nazorati: “Do‘stlik” mahallasidagi ariq holati nazoratga olindi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
Mahalla boshqaruvi yangi bosqichda: "Do‘stlik" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi va faollar faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #fuqarolar_qabuli #murojaat_daftari
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati
янв.21
#biriktirilgan_qunun #162_qonun #deputat_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 10-avgust–14-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-8-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
“Do‘stlik” mahallasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari olib borildi

💬Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-Do‘stlik saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini amalga oshirdilar.

💬Jumladan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, oilalardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil jarayonida quyidagi qonun hujjatlari asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi:
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son;
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son.
Savolnomalar asosida o‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni aniqlash va ularga ko‘mak ko‘rsatish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda nizoli vaziyatlarning oldini olish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tegishli tizimlar bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash masalalari ham nazorat-tahlil nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.
Alohida ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish faqatgina muammo yuzaga kelgandan keyin choralar ko‘rish bilan cheklanmasligi, balki mavjud muammolarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni talab etadi.

Shu nuqtayi nazardan, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatida murojaatlar bilan ishlash, muammoli oilalarni o‘rganish, xotin-qizlarga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar orqali mahallalarda qonun hujjatlarining amaliy ijrosi, mas’ul xodimlarning faoliyati va aholi bilan ishlash samaradorligini joyiga chiqqan holda baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.