Hisobotda tumandagi fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish holati tahlil qilindi.
Oʻrganishlar davomida ayrim xoʻjaliklarda yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanish, shuningdek, belgilangan ekin turlarini toʻliq ekmaslik kabi kamchiliklar aniqlangani qayd etildi.
Mazkur masalani kengashning navbatdagi sessiyasida muhokama qilish va tegishli qaror qabul qilish uchun sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.