Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna «Yangi Bog‘» mahallasida IIO FMB XPB XQMB apparati katta inspektori, kapitan
X.S. Sotvoldiyeva bilan xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.
🤝Muloqot davomida xotin-qizlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga barvaqt barham berish, jabrlangan ayollarga zarur huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
⚖️Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari asosida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda mahallada zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!