Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida oylik doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengashning doimiy komissiya raislari A.Mustafakulov, I.Tangirov, X.Xolmuminov, B.Raxmatullayev, T.Berdiyev hamda kotibiyat mudiri A.Ashurovlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmoqlari hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni chiqindilardan tozalash, sanitariya holatini mustahkamlash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.