Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Vobkent: xalq vakili issiqxonasidagi faoliyati bilan ham ibrat...

Tomorqasida issiqxona qurib, yilda ikki–uch bor barakali hosil olayotgan, sitrus meva nihollarini avaylab–asrab ko‘paytirib, qator orasida pomidor–bodring, bulg‘or qalampiri, karam yoki sarimsoqpiyozmi, turli ko‘katlar yetishtirayotgan mirishkorlarga havas qilsa arziydi. Ekin yerining har qarichidan unumli foydalanib, hovli–joyini bog‘–chorboqqa aylantirgan bunday dehqon mirishkorlar oramizda juda ko‘p. 

Vobkent tumanida ham tomorqadan samarali foydalanib, oila farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular orasida sitrus meva yetishtirayotganlar safi ham kengaymoqda.  “Quruvchi” MFYda yashovchi Muborak Naimova O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputati. Uning xalq vakili sifatidagi faoliyati bilan birga ikkinchi daromad manbai sifatida hovlisidagi tomorqa yerida dehqonchilik qilib kelmoqda. "Mening serdaromad bog‘im" loyihasi doirasida Muborak Naimova oila a’zolari bilan birga 1,5 sotixdan iborat issiqxonasida sabzavot mahsulotlari bilan birga, limon yetishtirish tajribasini o‘zlashtirgan. 

— Ekin yerimiz katta emas, ammo shu yerda ro‘zg‘orimizga yarasha har yili kartoshka, piyoz, bodring, pomidor kabi sabzavot va ko‘katlarni yetishtirib, shundan daromadimizni oshirmoqdamiz. Keyinchalik  "Mir" naviga mansub serhosil sitrus meva nihollarini topib kelib o‘tqazib, parvarishlash, hosildorlikni oshirish agrotexnikasini obdon o‘rgandik, — deydi mirishkor xonadon sohibasi Muborak Naimova. — Har mavsum oldidan yer tayyorlashga alohida e’tibor qaratib, tuproq unumdorligini oshirib, "sharbat" usulida sug‘orib, har kuni yerda ishlab, niholga mehr berishni odat qilganmiz. Albatta, peshona terimiz evaziga bugunga kelib ekin yerimizdan mo‘l hosil olmoqdamiz. Limon butalarimizdan ham yaxshigina hosil olib, daromadga erishmoqdamiz. Asosiysi, qishki mavsumda ham ekin yerimiz har qarichini bo‘sh qoldirmasdan, dasturxonimizni sabzavot va limon mahsulotlari bilan to‘ldirmoqdamiz.  

Jumladan, deputat ayol jamoatchilik ishi bilan birga, o‘z hovlisidagi isssiqxonasida 15 tupda limon, 5 tup mandarin va 5 tup apelsin butalarini yetishtirib, tomorqasidan samarali foydalanmoqda. Issiqxonada har mavsumda har bir limon butasidan 50 kilogramga yetkazib, mandarinning har tupidan 30 kilogram atrofida hosil olishga erishmoqda. Bunda unga farzandlari yaqin ko‘makdosh, albatta. Shuningdek, deputat tomonidan mahallada tomorqachilikka, issiqxona faoliyatiga ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlarga mahorat darslari ham tashkil etilgan. 

Slide 1 of 3