Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori (“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”) hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.
💬Monitoring davomida Yulduz mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi “TEMUR-TERMIZ-SERVIS” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
🔅O‘rganish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
✔️Uylarning muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari holati;
✔️Aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati;
✔️Obodonlashtirish va saqlash ishlari
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot faoliyatining huquqiy asoslari va hujjatlar yuritilishi.
💬Shuningdek, aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmatlar sifatini oshirish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.