Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati A. Mardonov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Navroʻzov hamda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi vakillari bilan birgalikda tumanda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandilar.
🔍 Oʻrganishlar davomida “Koʻlxatib” MFY hududida hokim yordamchisi tashabbusi bilan aholiga ajratilgan tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish holati koʻzdan kechirildi. Xususan, fuqarolar tomonidan 8 gektar yer maydonida ekilgan loviya ekinlarining parvarishi va agrotexnik tadbirlarning bajarilishi oʻrganildi.
🌱 Mutasaddilar tomonidan ekinlarning holati, sugʻorish va parvarishlash ishlari, hosildorlik koʻrsatkichlari yuzasidan masʼullar bilan muloqot qilinib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
❓ Maʼlumotlarga koʻra, mazkur 8 gektar maydondan joriy mavsumda 60 tonna loviya hosili olish rejalashtirilgan. Bu esa tumanda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, aholi bandligini taʼminlash hamda daromad manbalarini koʻpaytirishga xizmat qiladi.
🤝 Oʻrganish yakunida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va hosildorlikni oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.