O‘rganishlar jarayonida “Alpomish” mahallasi, Mardlar shahri ko‘chasidan o‘tuvchi ichimlik suvi quvurida yorilish holati mavjudligi aniqlanib, buning oqibatida katta miqdordagi toza ichimlik suvi isrof bo‘layotgani, yo‘llarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani hamda aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
💬Deputat so‘rovida:
🟢ichimlik suvi quvuridagi avariya holatini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
🟢nosozlikni bartaraf etish muddatlari;
🟢suvning behuda oqib ketishi natijasida yuzaga kelgan yo‘qotishlar;
🟢kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.