Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Yo. Tojiboyeva hamda M.Saliboyevalar ishtirokida tumandagi “Qilichmozor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xususan,
aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalla o‘sish nuqtalaridan kelib chiqib, aholi daromadlarini oshirishga
qaratilgan loyihalarning ijrosi hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash tizimi tahlil qilindi. Mahallabay ishlash tizimini yanada jonlantirish bo‘yicha 24 ta aniq tavsiya berildi.