Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: YOSHLAR SIYOSATI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi

Tadbirkorlik faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi

🇺🇿 «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33⁹--moddasiga muvofiq, 2026-yil 24–27-iyun kunlari Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglarida olib borayotgan o‘rganishlari doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Uchtepa tumanidagi Katta Cho‘ponota mahallasida bo‘ldi. O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ishtirok etdi.

🗂 Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ–303-sonli “Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Uchtepa tumanida faoliyat yuritayotgan, rahbari Sardor Muxamedjanov bo‘lgan “Simay” MChJ QK faoliyati o‘rganildi.

↗️ Korxonada bugungi kunda 40 nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgani, ishlab chiqarish hajmlarining ortib borayotgani hamda qo‘shimcha 30 ta ish o‘rniga ehtiyoj mavjudligi ma’lum qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Iroq Respublikasiga amalga oshirilgan biznes missiyasi yakunida korxona tomonidan qariyb 100 million AQSH dollari miqdoridagi eksport shartnomasi imzolangani ta’kidlandi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

💬 Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar ham o‘rganildi. Xususan, ekologiya yo‘nalishidagi ayrim tizimli masalalar hamda ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

📝 O‘rganish yakunida mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 7