Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI AMALDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Hujjatlardan amaliyotga: Mas'ullar hududga chiqib, aholi bilan muloqot qildilar!
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida

#Tajriba_almashinuvi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida

🏛 Oliy Majlisi Senatining tashabbusi bilan 24–25-iyun kunlari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlaridan iborat delegatsiyaning Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga tajriba almashish maqsadidagi tashrifi tashkil etildi.

📍 Delegatsiya a’zolari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Kogon shahar temir yo‘l vokzalida kutib olindi. Shundan so‘ng ikki hudud vakillari ishtirokida mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida mahalliy Kengashlar faoliyatida erishilgan natijalar, ilg‘or tajribalar, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mahalliy vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

✨ Safar doirasida delegatsiya a’zolari Buxoro zaminida yetishib chiqqan buyuk mutasavvif va allomalar — Amir Kulol hamda Bahovuddin Naqshband majmualarini ziyorat qildilar. Ziyorat davomida ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz va ma’rifiy an’analarining bugungi jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

🔺 Mazkur tajriba almashuv safari mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10