Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI AMALDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Hujjatlardan amaliyotga: Mas'ullar hududga chiqib, aholi bilan muloqot qildilar!
янв.21
“Tinchlik” mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalardagi ish tizimi nazoratda: "Eskishahar"da faoliyat samaradorligi o‘rganildi
Andijon shahrida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi deputat nazoratida

Andijon shahar xalq deputatlari Kengashi deputati tomonidan hudud infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va joyiga chiqib o‘rganishlar davomida Andijon shahridagi “Sho‘rbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida ichki yo‘llarning holati bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, hududdagi Asosiy, Sho‘rbuloq, A.Isroilov (3, 5, 6, 7, 8-tor) hamda V.Maqsudov 8-tor ko‘chalarining qariyb 6 kilometr qismi qoniqarsiz ahvolda ekani, asfalt qoplamasi mavjud emasligi sababli fuqarolar uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yo‘llanib, yuqoridagi ko‘chalarda asfaltlash ishlarini amalga oshirish, ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish zarurligi ta’kidlandi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob qaytarish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2