Ushbu chora-tadbirlar, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining turmush sifatini yaxshilash, qish mavsumida issiqlik yo‘qotilishining oldini olish, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Sessiya ishtirokchilari tomonidan mazkur yo‘nalishda ajratiladigan mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishi, yordamga eng muhtoj oilalarni qamrab olish hamda amalga oshiriladigan ishlar sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.