Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash deputati J.Xamraqulov shahardagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
💬 O‘rganishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi uchun qulay, xavfsiz va shinam yashash muhitini yaratishga qaratildi.
💬 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar:
🟢Texnik holat qoniqarsiz: Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari, podval va yerto‘lalarida sanitariya holati qoniqarsizligi, bolalar maydonchasi obodonlashtirish olib borilmaganligi, ta'mirtalab kommunikatsiya tarmoqlari mavjudligi aniqlandi.
🟢Xavfsizlik talablariga rioya etilmayapti: Elektr shitlari va kommunikatsiya tarmoqlarining xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ba’zi joylarda simlarning ochiqligi kuzatildi.
💬 "Boshqaruv servis kompaniyalari aholiga xizmat qilish uchun tashkil etilgan. Ular o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, har bir xonadon egasining roziligini olishi shart." — dedi Kengash raisi D.Normuradova.
🫥 Nazorat-tahlil tadbirlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilanib olindi.