Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq bilan muloqot – muammolarga yechim topishning asosiy mezoni!
янв.21
Qonun ijrosi amalda: har bir daraxt nazoratda!
янв.21
Mahalla infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish sifati e’tiborda
янв.21
Mahalla tizimi: yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy himoya — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-17-aprel)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-11-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
MADANIYAT VA MA’NAVIYAT — QONUN HIMOYASIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat Kengashning sessiyalarida, shuningdek o'zi tarkibida bo'lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhining majlislarida ishtirok etishi shart.
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimi samarali tashkil qilinadi
Navoiy shahridagi "TINCHLIK PLAZA" mehmonxonasi konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligidagi “MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINI RIVOJLANTIRISH” qo'shma loyihasini amalga oshirish rejasi yuzasidan “Mahalliy darajada xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi (siap) maqsadi va vazifalari hamda ishlab chiqish metodikasi” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Ushbu seminar-treningda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Jamoliddin Hamroyev, AQSH Taraqqiyot agentligining (USAID) “Mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish” loyihasi rahbari Robert Bodo, Xalqaro ekspert Muhammad Alamush, Navoiy shahar hokimining birinchi o’rinbosari O’tkir Haqberdiyev, shahar hokimi o’rinbosarlari, Navoiy shahri, Navbahor va Qiziltepa tuman hokimliklari mutasaddilari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi. 

Seminar davomida Navoiy shahri, Navbahor va Qiziltepa tuman hokimliklari tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida tashkil qilingan ishchi guruh uchun mahalliy darajada xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi (SIAP) maqsadi va vazifalari, ishlab chiqish metodikasi bo’yicha keng tushunchalar berilib, mazkur yo’nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5