⏺Qabulning asosiy maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish orqali mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
💬Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan qabulda mahalla ahli tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.
💬Xususan:
🔅Kommunal soha: Elektr ta’minoti va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
🔅Infratuzilma: Ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish;
🔅Ijtimoiy himoya: Moddiy yordam, davolanish uchun yo‘llanmalar va bandlik masalalari e'tibor markazida bo‘ldi.
🔵Murojaatlarning aksariyati deputat tomonidan joyida o‘rganilib, fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
🔵Yechimi ma’lum vaqt va mablag‘ talab qiladigan, shuningdek, mas’ul tashkilotlar aralashuvi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari tayyorlanishi va shahar Kengashi nazoratiga kiritilishi belgilab olindi.
🫥Deputat nazorati davom etadi: Qabulda bildirilgan har bir taklif va ariza deputatning doimiy nazoratida bo‘ladi va ularning ijrosi bo‘yicha aholiga muntazam axborot berib boriladi.