Bugun Termiz shahar hokimi, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash huzuridagi "Xalqparvar" komissiyasi raisi A.Mustafakulov hamda tegishli soha mas’ullari “Navro‘z” mahallasida bo‘ldilar.
💬 Mutasaddilar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida uy-joyi to‘liq ta’mirlab berilgan fuqaro Sh.Sharipovaning xonadoniga tashrif buyurdilar.
💬 Tashrif davomida shahar hokimi va deputatlar bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini har tomonlama tahlil qildilar.
💬 Xonadon egasi bilan o‘tkazilgan suhbat davomida o‘z uyining qisqa muddatda butkul yangi qiyofaga keltirilgani, ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga o‘zining cheksiz minnatdorchiligini bildirdi.
💬 O‘rganish davomida shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev loyiha doirasida shahardagi boshqa ta’mirlanayotgan barcha uy-joylarni qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mutasaddi tashkilot va pudratchilarga qat'iy ko‘rsatma va takliflarini berib o‘tdi.
🫥 Inson qadrini ulug‘lash va xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilash yo‘lidagi tizimli ishlar doimiy nazoratda!