Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Jo‘yjangal" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Imtiyozli kredit — amaliy natija: "Bog‘ishamol" mahallasida tadbirkorlik rivojlanmoqda
янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Murojaat va nazorat: Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
Bugun Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining III chaqiriq, birinchi sessiyasi o‘tkazildi

Sessiyada Mirobod tuman saylov komissiyasi raisi Baratov Dilshodning joriy yil 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, Kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Toshkent shahar hokimi tomonidan Mirobod tuman hokimi lavozimiga Anvar Nazarovich Sayfutdinov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. 

Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Nomzod deputatlarga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashining III chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Anvar Nazarovich Sayfutdinov nomzodi Mirobod tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Slide 1 of 5