Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Murojaat va nazorat: Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
"O‘zbekiston" mahallasida I chorak sarhisobi: bandlik va tadbirkorlik e’tiborda
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Muammo nazoratga olindi: “Tinchlik” mahallasidagi chorraha yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Murojaat va nazorat: Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi

💬 Mazkur ko‘chada yangidan ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilgan bo‘lib, qurilish ishlari sababli kovlangan yo‘llar qayta ta’mirlanmagan. Bu esa aholi va haydovchilar harakati uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.

💬Deputatlar va mutaxassislar masalaga oydinlik kiritish maqsadida tegishli tashkilot mas’ullari bilan bog‘landilar.

🔅Ma’lum bo‘lishicha:

Hali ayrim xonadonlar yangi suv tarmog‘iga to‘liq ulanib ulgurmagan;

Yo‘llarni hozir ta’mirlash iqtisodiy jihatdan samarasiz (qolgan xonadonlarni ulash uchun yo‘l yana kovlanishi kerak);

✔️Yechim:

Mazkur ko‘chadagi barcha xonadonlar yangi suv tarmog‘iga ulanib bo‘lingach, yo‘llarni to‘liq va sifatli ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

🫥Deputatlar mazkur jarayonni o‘z nazoratlariga oldilar. Aholiga suv tarmog‘iga ulanish ishlarini tezlashtirish, mas’ullarga esa ulanish yakunlanishi bilan yo‘lni zudlik bilan tartibga keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2