Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
янв.21
Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda yangi o‘quv binosi qurilmoqda
янв.21
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
deputat_vazifalaridan
Bugun Boysun tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralash tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Boysun tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralash tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📋 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, bilim va salohiyatini mamlakat rivojiga safarbar etadigan o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi, noyob iste’dodi, yetakchiligi bilan ajralib turadigan xotin-qizlar orasidan tanlab olinishi belgilangan.

✅ Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va yorqin iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga 7 ta yo‘nalish – fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

✅ Tadbir davomida munosib nomzodlar e’tirof etilib, Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan taqdirlandilar. G'olib deb topilgan qizlar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Slide 1 of 10