Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda yangi o‘quv binosi qurilmoqda
янв.21
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
deputat_vazifalaridan
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 4-8-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 27-aprel 1-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
deputat_vazifalaridan

o'z nutqida deputatlarning yoki boshqa shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan qo'pol, haqoratomuz ibora va so'zlarni, imo-ishoralarni qo'llamasligi;

💬 sessiya, majlislarni o'tkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yo'l qo'ymasligi — so'zga chiqqanlarning so'zini bo'lmasligi, Kengash faoliyatiga oid qonunchilikda nazarda tutilgan tartibga zid ravishda o'z fikrini bayon qilishga urinmasligi;

💬 baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan so'zga chiqqanlarning o'z nuqtai nazarini erkin bayon etishiga to'siqlar vujudga keltirmasligi;

💬 turli uzrsiz sabablarga ko'ra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi;

💬 kun tartibidagi muhokama qilinayotgan masaladan imkon qadar chetga chiqib so'zlamasligi, biror shaxsning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi asossiz ayblovga yo'l qo'ymasligi;

💬 so'zga chiqish, deputatlik faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chog'ida bila turib yolg'on va (yoki) noto'g'ri axborotdan foydalanmasligi;

💬 Kengash Reglamenti va ushbu Qoidalarning talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi kerak.

⏺Deputatning deputatlik faoliyatidagi tashqi ko'rinishi va kiyinish uslubi aholining Kengashga hurmatini, shu jumladan deputatning nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

⏺Deputat o'z deputatlik faoliyati davomida uning vakolati va shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan guvohnomani o'zi bilan birga olib yurishi, ko'krak nishonini ko'krakning chap tomoniga taqib yurishi shart.

✔️ Deputat ushbu Qoidalarning 9-bandida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, tegishli sessiya yoki majlisda raislik qiluvchi:

💬 bunday qoidabuzarliklarga yo'l qo'yib bo'lmasligi to'g'risida deputatni ogohlantirishga;

💬 deputatni so'zlash huquqidan mahrum qilishga;

💬 deputatdan majlislar zalini tark etishni talab qilishga;

💬 Kengashning Odob-axloq masalalari bo'yicha komissiyasidan (bundan buyon matnda Odob-axloq komissiyasi deb yuritiladi) deputatning xatti-harakatlariga baho berishni so'rashga haqli.

✔️ Deputat sessiya yoki majlisda shaxsan ovoz berishi shart.

🫥Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari.