Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Ekspert_guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Ekspert guruhlari tashkil etilgan. (https://lex.uz/uz/docs/-7359870)
янв.21
Qonun ustuvorligi mahallada: "Abdulla Avloniy" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati nazoratda!
янв.21
“Tashabbusli budjet” natijalari amalda: 24-sonli maktabga keltirilgan yangi jihozlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Navro‘z” mahallasida Kengash qarori bilan ta’mirlab berilgan xonadon ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Nurli kelajak" mahallasida faollar faoliyati atroflicha tahlil qilindi!
янв.21
Aholining huquqiy himoyasi yo‘lida: "Madad" NNT faoliyati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🗣Mahallada yangi tizim: Aholi muammolarini hal etish raqamlashtirilmoqda!
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larining taqsimoti ko‘rib chiqildi
янв.21
Yozgi ta’til — mazmunli va samarali: Termizda yoshlar uchun “Dolzarb 90 kun” dasturi muhokama qilindi!
янв.21
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash: Kadastr idorasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova Kambag'allikdan farovonlik sari dasturi doirasida shahardagi "Jingavuz" mahallasidagi bir guruh extiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Fuqarolar bilan suhbat jarayonida deputat N.Sharipova har bir oilaning yashash sharoiti, muammolari va takliflarini yakka tartibda tingladi.

Muloqot davomida asosan o‘z xonadonida kichik biznes yoki hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish, ishsiz oila a’zolarini mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga qayta o‘qitish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1