Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar, sport, madaniyat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga keng jalb etish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarning amaliy samaradorligi, mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasida qizg‘in munozaralar davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larining manzilli va maqsadli yo‘naltirilishi, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda mablag‘lardan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida “Ijtimoiy reyestr”ning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand oilalarga xonadonda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
Navbatdagi manzil Adolat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi bo‘ldi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayonining yo‘lga qo‘yilishi, mahsulot tayyorlash bosqichlari hamda sifatni ta’minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Sexda kundalik iste’mol uchun mo‘ljallangan non va turli non mahsulotlarining tayyorlanish jarayoni, xomashyo sifati va sanitariya talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, mahsulot turini kengaytirish hamda aholiga sifatli va arzon mahsulot yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ish jarayonlarini yanada takomillashtirish va mahalliy bozor talabini qondirish borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5