Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mustaqil hayot sari ilk qadam: Termiz shaharidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
Faoliyatda samaradorlik va mas’uliyat: Deputatlar ishi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 25-26-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 18-23-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Muammolar yechimi va manzilli yordam
янв.21
Tashabbuskor qizlar — kelajak bunyodkori: Termizda ulkan marafon bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolajonlar tabassumi — barchamizning maqsadimiz: 19-sonli DMTTga tashrif
янв.21
Inson qadri uchun: "Jo‘yjangal" mahallasida ijtimoiy ko‘mak masalalari o‘rganildi
янв.21
“Alpomish” mahallasida obodonchilik ishlari nazoratda
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida amaliy natijalar o‘rganildi
Faoliyatda samaradorlik va mas’uliyat: Deputatlar ishi tanqidiy tahlil qilindi

Yig‘ilishda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining bugungi kundagi faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlari hamda hududiy muammolarni hal etishdagi ishtiroki tanqidiy tahlil qilindi.

💬 Tahlillar jarayonida o‘z okrugida faollik ko‘rsatmayotgan, aholi murojaatlari bilan ishlashda va Kengash qarorlari ijrosini nazorat qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan deputatlar faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

💬 Kengash raisi faqatgina tanqid qilish bilan cheklanib qolmay, faoliyatida orqada qolayotgan deputatlarga amaliy yordam ko‘rsatish lozimligini ta’kidladi. Yig‘ilishda ushbu deputatlarning ishini tizimli tashkil etish, saylovchilar bilan muloqotini jonlantirish va ularga kotibiyat tomonidan metodik ko‘maklashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🫥Kengash kotibiyatiga har bir deputatning haftalik ish unumdorligini monitoring qilib borish va faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 2