Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati G.Abramatova “Jayxun” mahallasida bo‘lib, hududdagi holatni ko‘zdan kechirdilar.
💬 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
▶️Hudud obodonchiligi: Ko‘chalar va umumiy foydalanish maydonlarining tozaligi hamda tartibga keltirilganligi;
▶️Uylarning kirish qismlari: Ko‘p qavatli uylardagi yo‘laklar (podyezdlar) holati va ularning sanitariya holati;
▶️Yer to‘lalar (podval): Binolarning yer to‘la qismidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiya tizimlarining sozligi;
▶️Elektr shitlar: Elektr qalqonlarining texnik holati va yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqligi.
🔅O‘rganish yakunida mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati sustligi uchun keskin tanqid qilindi. Aniqlangan kamchiliklar aholi xavfsizligi va qulayligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.
✔️ Kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi. Jarayon qat’iy nazoratga olindi.